Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

I. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar dasturi bajarilgani to‘g‘risida umumiy axborot

Qo‘mita tomonidan belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targ’ibot tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlar agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar Akademiyasi va boshqa tashkilot vakillari bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda mahalla xodimlari “beshlik” o’rtasida faoliyatga oid normativ hujjatlar bo’yicha bilimlarini yanada oshirirsh va amaliyotga to’g’ri tatbiq etishni yo’lga qo’yish maqsadida huquqiy targ’ibotlar tashkil etildi. 

Bugungi kunda mazkur targ’ibot tadbirlari uyushqoqlik bilan qolgan hududlarda davom ettirib kelinmoqda.  

II. Siyosat va tartib-taomillar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan ichki idoraviy hujjatlar, jumladan: Vazirlikning 26.06.2023-yildagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 90-sonli, 23.06.2023-yildagi “Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda madaniyati darajasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 108-sonli, 23.06.2023-yildagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-sonli, shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 05.06.2023-yildagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonini tartibga solish to‘g‘risida”gi 56-son, 23.05.2023-yildagi “Xizmat safariga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib-qoidalarni belgilash to‘g‘risida”gi 47-son, 19.06.2023- yildagi “Xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risida”gi 63-son buyruqlar qo‘mitada tashkil etilgan ijtimoiy tarmoq guruhiga hamda hududiy bo‘linmalar xodimlari va mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan ijtimoiy tarmoq guruhlariga joylashtirildi;

- Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan buklet, flaeer va boshqa tarqatma targ‘ibot materiallarni xodimlar e’tiboriga yetkazish haqida kelib tushgan topshiriq 2023-yil 3-martda 04-01/55-son xat orqali;

- Vazirlikning hududlarda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha roliklar tayyorlash haqida kelgan topshiriq bo‘yicha 2023-yil 3-martda 04-01/56-son xat orqali; 

- Vazirlikning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan murojaatnomasi hamda “Biz korruptsiyaga qarshimiz”, “Korruptsiya jamiyat kushandasi” va boshqa shu kabi mavzularda huquqiy tadbirlar o‘tkazish haqida kelgan topshiriq bo‘yicha 2023-yil 25-aprelda 04-01/116-son xat orqali;

 - Vazirlikning 27.04.2023-yildagi 01/00-03/20-2923-son xati ijrosi yuzasidan kelib tushgan topshiriq (Sirdaryo va Qashqadaryoda viloyatlarida sodir etilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha) 2023-yil 1-mayda 04-01/128-son xat orqali;

- Vazirlikning tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlardan kafolat xatlari olinishi haqida kelib tushgan topshiriq bo‘yicha 2023-yil 12-iyunda 04-01/192-son xat orqali;

Yangi ishga kirayotgan xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish haqida tushuntirishlar berib borish yo’lga qo’yildi hamda xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga oid yoki manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bergan xodimning shaxsini sir saqlash va o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirishga tavsiya qilish normalari kiritildi.

III. Xavf-xatarlarni baholash

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2023-yil yanvar oyida korrupsiya xavfiga eng ko’p moyil bo’lgan 15 ta funksiya va lavozimlar  ro’yxati bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi, ushbu korrupsiyaviy xavf-xatarlarning toifalari o‘rta nisbat bo‘yicha baholandi. 

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasiga kiritilgan lavozimdagi xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar olib borish, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlarni qayta muvofiqlashtirish, Qo‘mita tizimi xodimlari o‘rtasida, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, kelgusida xodimlar tomonidan  deklarasiyalarni to‘ldirib borilishini tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, kadrlarni o’rganish, to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni ta’minlash kabi tadbirlar belgilanib amalga oshirildi.   

IV. Amalga oshiriladigan korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillar

Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish 

Joriy yil 3-chorak davomida yangi ishga qabul qilingan xodimlar bo’lmadi va deklarasiyalar to’ldirilmadi.  

Korrupsiyaga qarshi qoidalarni Tashkilot sharnomalariga kiritish 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi qoidalarni mehnat shartnomasiga kiritilishi o‘rganib chiqildi va yangi ishga olinadigan xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalar matniga qo‘shimcha korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tartib-tamoyillar kiritilishi ta’minlandi.

Kontragentlarni tekshirish

3-chorak davrida markaziy apparat va hududiy bo’linmalar tomonidan xarid qilingan ho’jalik mahsulotlari o’rganib chiqildi va qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi.

Ishga nomzodlarni tekshirish

2023-yil 3-chorak davomida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga xodimlar yangi ishga qabul qilinmadi.

V. Ta’lim va kommunikatsiya

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy bo’linmalar xodimlarini ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, bevosita korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 20-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiysining umuminsoniy munozarasida so’zlagan nutqida O’zbekistonda Osiyo xotin-qizlar forumini o’tkazish taklifini ilgari surilgani o’z navbatida Qo’mita tizimi xodimlariga katta mas’uliyatni yuklatilganidan dalolat berishi tushuntirib o’tildi.  

Hududiy bo‘linmalar xodimlari va mahalladagi xotin-qizlar faollari o‘rtasida mahalliy huquqni muhofaza qilish idoralari mutaxassislari hamkorligida muntazam ravishda huquqiy axborot berish soatlari olib borildi.

VI. Korrupsiyaviy xatti-xarakatlar va huquqbuzarliklar to‘risidagi xabarlar

2023-yil 3-chorak davomida Qo’mitaga aloqa kanallar orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar, huquqbuzarliklar to’risisda xabarlar, ma’lumotlar kelib tushmadi.             

VII. Monitoring va nazorat

Qo‘mita tomonidan belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targ’ibot tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlar agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar Akademiyasi va boshqa tashkilot vakillari bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda mahalla xodimlari o’rtasida faoliyatga oid normativ hujjatlar bo’yicha bilimlarini yanada oshirirsh va amaliyotga to’g’ri tatbiq etishni yo’lga qo’yish maqsadida huquqiy targ’ibotlar tashkil etildi.   

Shuningdek, Qo’mita xodimlari tomonidan hududiy bo’linmalarga xizmat safariga chiqilganda korrupsiyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi.

Qo‘mitada ochiqlik tamoyilini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida ma’lumotlar muntazam ravishda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining rasmiy veb-saytida (https://wcu.uz.) yoritilishi yo‘lga qo‘yilgan. 

VIII. Aniqlangan qoidabuzarliklar va ularga ta’sir choralari 

IX. Xulosalar  

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi va hududiy bo‘linmalarda korrupsiyani oldini olish choralarini amalga oshirish darajasini yanada kuchaytirish, hududlarda profilaktik ishlar samaradorligini rivojlantirish maqsadida birinchi rahbarlar mas’uliyatini oshirish lozimligi haqida vazifalar belgilab berildi.

X. Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tadbirlar rejasi 

Kelgusida, Oila va xotin-qizlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida alohida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shtat ajratish va hududiy bo‘linmalarda ham shtatlarni joriy etish lozim.