Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida poytaxtimizning Sergeli tuman hokimligi majlislar zalida tuman mahalla xotin-qizlar faollari, mahalla raislari, bandlikka ko‘maklashish markazi bo‘limi vakillari hamda tuman hokimligi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv tanqidiy ruhda boshlandi. Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari tuman miqyosida xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalasi qoniqarsiz ekanligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish aniq reja asosida amalga oshirilmayapti. Kasbga o‘qitish markazlari faoliyati ham qoniqarsiz deb belgilandi.  Uchrashuvda  oilaviy ajrimlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Ta'kidlanishicha tuman bo‘yicha oilaviy ajrimlar soni o‘tgan davrga nisbatan sezilarli oshgan. Shuningdek, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ham ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bu borada mahalla faollari, nuroniylar, maslahat kengashi, imomlar hamda otinoyilar o‘zaro birgalikda ish olib borishi zarurligi ta'kidlandi. Xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Xorijda migrant bo‘lib yurgan xotin-qizlar bilan masofaviy ishlash tizimida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aytildi.
qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova yig‘ilshdan so‘ng, tumandagi 46 ta mahalla Xotin-qizlar faollari faoliyatiga oid hujjatlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, hunarmand va tadbirkor xotin-qizlar tomonidan taqdim etilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Iqtidorli yoshlarning raqs ko‘rinishlari, havaskor qo‘shiqchilar ijrosida go‘zal chiqishlar bo‘lib o‘tdi.