davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy taʼlim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi;
xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
«Ayollar maslahat kengashlari» bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish.
Raisning birinchi oʻrinbosari Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais kotibiyati
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boshqarmasi
Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi
Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi
Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi
Inson resurslari va komplayens nazorat boʻlimi
Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish boshqarmasi
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish, boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻlimi
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi
Yuridik boʻlim
Xizmatlar koʻrsatish va moliyaviy taʼminot boʻlimi
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish boʻlimi
Xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻlimi
Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi
Birinchi boʻlim
Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis
1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi Taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan va daromad manbaiga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi boʻlgan hamda doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, bedarak yoʻqolgan (sud qaroriga asosan) ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolgʻiz onalar (FHDYo organlarining maʼlumotnomasi asosida);
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam boʻlgan), biroq oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi boʻlgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi boʻlgan farzandi yoshidan qatʼiy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
Bunda «Ayollar daftari» roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻining xulosasi asosida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Bunda:
turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tegishli yilning soʻnggi kunigacha boʻlgan muddatga tuziladi;
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi «Ayollar daftari» jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Turar joy ijarasi uchun toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
Turar joy ijara kompensatsiyasi toʻlab turilgan davrda uy-joy bilan taʼminlangan yoki ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga koʻchib oʻtgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi toʻxtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud boʻlgan holda xotin-qizlar tomonidan koʻchib oʻtish rad etilgan taqdirda ham qoʻllaniladi.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb oʻrganish, mehnat qilish imkoniga ega boʻlsa, mustaqil yoki aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi.
Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihatlarni anglatadi.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli oʻz faoliyatida Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalariga boʻysunadi hamda ular oldida hisobdor boʻladi.