-xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi o'rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta'minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
-oila va xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko'rsatish;
-xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
-xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo'yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-xotin-qizlar yo'nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam ko'rsatish.