Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

"Kuzgi daraxt ekish mavsumi"da xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda

Barchaga ma'lum, o'simlik va daraxtlar kislorod ishlab chiqaruvchi eng qulay va zararsiz vosita. Dеmak, mеvali va manzarali daraxtlarni ko‘paytirish, bog‘lar yaratish orqali biz hayot davomiyligini ta'minlagan bo‘lamiz. 

Shunday ekan, yurtimiz bo‘ylab "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" shiori ostida kеng quloch yoygan xayrli tashabbusga hissa qo‘shish har birimizning qalb amrimizga aylanishi shart va zarur. 

Hazorasp tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i  boshchiligidagi bir guruh faol xotin-qizlar ishtirokida tumandagi "Bo‘ston" mahallasi hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.

Ushbu jarayonga "Oqila ayollar" harakati a'zolari, mahalla xotin-qizlar faollari jalb etilib, 15 turdan ziyod mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.