Farg‘ona viloyatida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ularni jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bunga misol Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasidir. Ushbu loyiha Jahon banki hamda Yaponiya ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri Farg‘ona viloyatining So‘x, Furqat, Yozyovon va Qo‘shtepa tumanlaridan tanlab olingan 28 ta mahallalarda istiqomat qilayotgan “Ayollar” daftarining 3, 4 va 6-toifalariga kiritilgan xotin-qizlarnining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyatining 4ta tumanida jami 58 ta ayollar farovonligini oshirish guruhlari (AFOG) shakllantirishga erishilib, jami 300dan ziyod xotin-qizlar ishtiroki ta’minlangan.
Ushbu AFOG ish faoliyatini samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 22-24 avgust kunlari Farg‘ona shahrida 28 ta faoliyat olib borayotgan Ijtimoiy mobilizatorlar va Loyihaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha hamkori NNT “Mehrjon” xodimlari uchun 2 kunlik treninglar tashkil qilindi.Trening davomida AFOG guruhlari a’zolari o‘rtasida har bir uchrashuvlarni samarali tashkil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi. Treningning
ikkinchi kunida Farg‘ona viloyatining Furqat tumani "Kaldushon" mahallasi “Oqila ayollar” AFOG o‘rtasida prezident, kotib va g‘aznachi saylash bo‘yicha namunaviy trening taqdimoti va uning muhokamasi o‘tkazildi. Taqdimot yakuni bo‘yicha malakali trener Shovik Mitra tomonidan tavsiyalar taqdim qilindi. Treningda Qo‘mita huzuridagi “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi rahbari Ziyayev Erkin ishtirok etib, ayollar farovonligini oshirish guruhlari faoliyatini samarali tashkil qilish muhimligi va har bir uchrashuvlar yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim qildi. Trening yakunida rejadagi seminarlarni samarali tashkil qilish belgilanib olindi.