Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Ozoda Parpibayeva Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Ra’no Turdiboyeva va Nodira Egamberdiyeva qo‘mita raisining o‘rinbosarlari bo‘ldi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda prezident Administratsiyasiga yaqin «Nigoh» Telegram kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ozoda Parpibayeva Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Toshkent viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Parpibayeva avvallari Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
huningdek, Toshkent davlat agrar universiteti prorektori Ra’no Turdiboyeva qo‘mita raisining o‘rinbosari bo‘ldi. U oktabr oyidagi saylovlarda prezident Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili sifatida faoliyat yuritgan edi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining yana bir o‘rinbosari sifatida «Mahalla va oila» Ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva tayinlandi.