Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Muhtaram Prezidentimiz taklifi bilan Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekistonda yangi “Oqila ayollar” harakatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 19 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shohida Xo‘jaqulova boshchiligida "Oqila ayollar" harakati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
 
Unga ko‘ra, "Paxtazor" MFYda joylashgan 6-sonli MTM mudirasi Iroda Turdimurodova Nishon tumanida “Oqila ayollar” harakatiga rais etib saylandi. 

Shuningdek, 30 nafar faol ayollardan iborat bo'lgan tarkib ham shakllantirib olindi.

 

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati.