Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi huzuridagi "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot institutida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Mustaqillik oilalari — farovon oilalar" mavzusida ilmiy-amaliy seminar va 5 ta kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Unda Bosh vazir o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova oilani ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, demografik holatlarning oila institutiga ta’siri, jamiyat taraqqiyoti va farovonligida gender tengligi hamda xotin-qizlar huquqlarining ahamiyati, zamonaviy oila nazariyalari, xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar farovonligi, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni ta’minlash, farzandlar tarbiyasi, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalar ekan, taqdimoti bo’layotgan 5 ta qo’llanmaning oilalar uchun foydali jihatlarini aytib o’tdi.
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nashr etilgan
1. XOTIN-QIZLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI
2. XOTIN-QIZLARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISH
3. OILA – NOGIRONLIGI BО‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIYLASHUVIDA MUSTAHKAM KО‘PRIK
4. MILLIY HUNARMANDCHILIK VOSITASIDA YOSHLARDA TADBIRKORLIK KО‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
5. MAHALLALARDA MILLIY О‘YINLAR uslubiy qо‘llanmalari xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda foydali qo’llanma bo’lishida muhim rol o’ynaydi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati.