Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Joylarda mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalari, Xivada 60dan ortiq xotin-qiz kasb-hunarga o'qitildi, Zarbdorda o'z ishini boshlagan "Oqila ayollar" harakati, "Bukhara Cotton Textile"ga taklif qilingan 300dan oshiq buxorolik xotin-qizlar bandligi, «Ixtirochi ayol-2022» ko'rik-tanlovi g'oliblari - kun yangiliklari bilan tanishing!

 

Farg'ona viloyati.

Davlatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami tantanalari arafasida Farg'ona viloyati Soʻx tumanidagi “Sohil” tantanalar majmuida 31 nafar ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga sunnat toʻyi oʻtkazildi. Bolajonlarning unutilmas kunlarida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

 

Namangan viloyati.

Namangan shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Namangan shahrida joylashgan  4-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Chinor”, “Chorsu”, “Sharq tongi”, “Bo‘ston” va "Haqiqat" MFYlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida festival tashkil etildi. Karnay va doira sadolari ostida boshlangan festival avvalida tashrif buyurgan mehmonlar va aholi vakillari tashkil etilgan milliy tikuvchilik, hunarmandchilik, rassomlik va kitob ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. Festivalda so‘zga chiqqan, Namangan shahar hokimining o'rinbosari D.Abdurahimova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Appakov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Z.Mansurovlar yurtimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va uning negizida inson qadri yotganiligi va bugungi kunda fuqarolarga yaratib berilayotgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdilar hamda mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan barchani qutladilar. Shuningdek, festivalda ko‘p yillar davomida oila mustahkamligini asrab kelayotgan bir qator oilalarni e’tirof etib, ularni taqdirlab o‘tishdi. 

 

 

 

Xorazm viloyati.

"Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xiva shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda Qo‘shko‘pir tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi hamkorligida Xiva shahridagi "Sangar" mahallasida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish maskanida 60 nafardan ziyod xotin-qizlar o‘qitildi. O‘quv maskanida tikuvchilik hamda zamonaviy pardachilik yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashgan ayollarning 38 nafari sertifikatga ega bo‘ldilar.

 

 

Jizzax viloyati.

Zarbdor tumanida "Oqila ayollar" harakati o'z ishini boshladi. Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida Yangi O'zbekistonning yangicha tamoyillari asosida xotin-qizlar masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratilmoqda. «Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo'lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o'nta yaxshilik bo'lib qaytadi», degan edi davlatimiz rahbari o'z nutqlaridan birida. Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda uning hududiy tuzilmalarida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik tuzilmasi – "Oqila ayollar" harakati tashkil etildi. Jumladan, Zarbdor tumanida 30 nafar fidoyi ayollardan iborat “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi. Ularga rahbar etib Sharq Yulduzi MFYda yashovchi nafaqadagi o'qituvchi U. Mamatova tayinlandi.

 

 

Buxoro viloyati.

Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan shahar va tumanlaridan "Ayollar daftari" da roʻyxatda turgan, ishlash istagida boʻlgan 300 ga yaqin xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida Buxoro shahridagi "Bukhara Cotton Textile" MChJ qoʻshma korxonasiga taklif qilindilar. Korxonada xotin-qizlar yaratilgan ish sharoitlari bilan tanishishdi.

 

 

Namangan viloyati.

Namanganda Mustaqillik bayrami arafasida «Ixtirochi ayol-2022» tanlovi nominatsiyalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov viloyat hokimligining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada rag‘batlantirishga qaratilgan harakatlar rejasiga muvofiq «Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli» haftaligi doirasida tashkil etilgandi. Tanlovda innovatsion loyihalari bilan ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan NamMQI olima ayollari Naima Niyazova, Dilnoza Zokirova, Gulnoza Qodirova va ixtirochi talaba Gulmira Pardayeva diplom, esdalik sovg‘alari va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

 

 

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati