Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Uchrashuv va tomonlar kelishuvidan asosiy koʻzlangan maqsad—gender tenglikni taʼminlash boʻyich hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish boʻlib, mehmonga bu borada Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, xalqaro hamkorlik borasidagi ishlar haqida maʼlumot berildi.

 

Borganen xonim ayollarning iqtisodiy farovonligi, tinchlik va xavfsizlik masalalaridagi koʻmakni nazarda tututvchi loyihalari bilan tanishtirar ekan, Oʻzbekiston bilan bu borada hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini izhor etdi.

 

 

Oʻz navbatida mamlakatimizda xotin-qizlarning taʼlim olishi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat, xotin-qizlarni bepul tadbirkorlikka oʻqitish va imtiyozli kredit olib, faoliyatini yoʻlga qoʻyishidagi imtiyozlardan hayratda ekanligini ham yashirmadi.

 

 

Har ikki tomon hamkorlik doirasidagi seminar-treninglar gender tenglikni maʼminlashda foydali loyiha boʻlishini qayd etishdi.

 

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati