O‘ZBEK XALQ HARAKATLI O‘YINLARI (o‘tmishdan bugungacha)
Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Fan, ta’lim, madaniyat va sport muassasalari qo‘mitasi hamda Polvonlar
milliy markazi tavsiyasiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda xalq harakatli
o‘yinlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, sharq allomalarining xalq
o‘yinlari haqidagi fikr-mulohazalari, milliy harakatli o‘yinlarning tiklanishi
va shakllanishi, o‘zbek xalq o‘yinlarining tasnifiy mohiyati kabi mavzular
o‘z ifodasini topgan.
Qo‘llanma ta’lim-tarbiya maskanlari, ta’lim muassasalari, sport
maktablarining o‘qituvchi-tarbiyachilari, trenerlari va mutaxassislariga
mo‘ljallangan bo‘lib, unda xalq harakatli o‘yinlarini milliy qadriyatlar sifatida,
sihat-salomatlik, jismoniy va ma’naviy imkoniyatlarni shakllantiruvchi vosita
o‘rnida yoshlarimiz ongiga singdirish hamda ularda turli o‘yinlar bilan
muntazam shug‘ullanish ehtiyojini tug‘dirish g‘oyasi ilgari surilgan.