Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida bajarilgan ishlar
1. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va “Womens Aid Federation of England” (Angliyaning Ayollarga ko‘mak ko‘rsatish federatsiyasi gumanitar fondi) bilan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasida o‘zaro tajriba almashish doirasida onlayn uchrashuv tashkil etilib, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha fikrlar almashinildi.
2. BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi, Buyuk Britaniya Hukumati ko‘magida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida “1146 – ishonch telefoni” – xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish mexanizmi sifatida” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi.
3. BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 25-30 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Bozotau, Qo‘ng‘irot tumanlaridan Ayollar daftariga kiritilgan 18 nafar saralangan qizlar tadbirkorlik, shahsiy salohiyat va qobiliyatlarni faollashtirish yo‘nalishlarda o‘qitildi . Aynan shu yo‘nalishlarda 23 aprel kunidan 9 mayga Mo‘ynoq, Bozotau, Qo‘ng‘irot tumanlaridan Ayollar daftariga kiritilgan 245 nafar ayollar o‘qitildi va eng yaxshi loyiha egalari bo‘lgan ayollar biznes rejalarni moliyalashtirishda ko‘mak berildi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili idorasi, FAO, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), hamda BMTning Tinchlik o‘rnatish jamg‘armasi (PBF) hamkorlikda “O‘zaro hamkorlik orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” yo‘nalishidagi (umumiy qiymati 384.000 AQSH dollari miqdoridagi) loyihani yo‘lga qo‘yish kutilmoqda.
5. Birlashgan Arab Amirliklari elchixonasi tomonidan taqdim etilgan, mamlakatimizning chekka hududlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalarga “Ramazon-2022” dasturi doirasida 11 xil turdagi 1 000 qutidan iborat oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
6. Ozarbayjon Milliy Majlisining madaniyat qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik bo‘yicha konseptual masalalarni hal qilish, dunyo ayollari harakatida yanada faol ishtirok etish borasida tajriba almashish, munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish kabi yo‘nalishlarda yanada samarali usullarni tatbiq etish yuzasidan kelishib olindi hamda Ozarbayjon Respublikasiga olima qizlarning tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida kelishib olindi.
7. Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan Bosh vazir o‘rinbosari oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z. Maxkamova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yurtimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
— gender tengligini taʼminlash, jumladan, zo‘ravonlikning oldini olish va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish;
— xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar va bilim almashish seminarlari orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
— raqamli dasturda ishtirok etish;
— iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv trast fondi uchun barcha davlat hamkorlari va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot departamenti bilan maslahat uchrashuvlarini tashkil etish;
Muloqot davomida xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi har ikki davlatga xos yangiliklar, islohotlar, ijobiy natijalar batafsil muhokama etildi;
Bundan tashqari, chekka qishloq hududlardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik qo‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini taʼminlash hamda iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Yaponiya ijtimoiy rivojlanish fondining 2,728 mln AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari hisobiga 2021-2024 yillarda Farg‘ona viloyatining Furqat, Uchko‘prik, Yozyovon, Qo‘shtepa va Jizzax viloyatining Yangiobod, Baxmal, Forish, Zomin tumanlaridagi mahallalarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyiha granti qo‘lga kiritildi.
8. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning (MXT) Jeneva shahridagi Bosh ofisi vakillari Jeyson Aplon hamda Natali Jond bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda migrantlar orasida va ularga qarshi yo‘naltirilgan zo‘ravonlikka asoslanuvchi ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurash, Suriya, Iroq va boshqa qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan mamlakatlardan qaytarib kelingan xotin-qizlar va bolalarning reabilitatsiyasi va reintegratsiyasi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Astrum IT Akademiyasi, AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida xotin-qizlarni IT sohasiga o‘qitishga yo‘naltirilgan “200 nafar dasturchi qiz” loyihasi boshlandi. Loyiha doirasida 200 nafar xotin-qizlar 6 oy davomida AKT, ingliz tili bo‘yicha o‘qitiladi va tadbirkorlikka yo‘naltiriladi.
9. BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi hamkorligida O‘zbekiston Respublika Reabilitatsiya markazi direktori hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Xotin-qizlarga nisbatan Zo‘ravonlikni oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Qozog‘iston Respublikasi Almata shahrida o‘tkazilgan “Zo‘ravonlikni oldini olish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etishdi.
10. Qo‘mita tomonidan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda quyidagi masalalar yuzasidan uchrashuvlar tashkil qilindi:
– XQXQ va Qo‘mita o‘rtasida qurolli mojaro hududlaridan repatriatsiya qilingan bolalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari S. Kyonig bilan;
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi Yunisef tomonidan Keys menejmentga asoslangan professional ijtimoiy xizmatlari joriy etish bo‘yicha namunaviy loyiha umumiy qiymati 500.000 $ (AQSH dollari miqdorida) Surxandaryo viloyatida tashkil etish masalasi yuzasidan YUNISEF vakillari bilan;
– ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya dasturlari bilan tanishtirildi hamda kelgusida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilish maqsadida BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
– yollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida BMT ning O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Xalqaro tashkilotlarning keng ko‘lamli loyiha va dasturlari bilan tanishish maqsadida Shveysariyaning yuqori darajadagi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
11. 15 iyun kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Faxmi hamda O‘zbekistondagi Missiya rahbari o‘rinbosari Muhammad El-Sakkurilar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida xotin-qizlarda uchraydigan onkologik kasalliklar, ko‘krak saratonini davolash, bolalar onkologik kasalligini davolash kabi yo‘nalishlarda ham Misr tomoni doimo hamkorlikka tayyor ekanligi aytildi. Shu o‘rinda Qo‘mita faoliyati Misr xotin-qizlar milliy kengashi faoliyati bilan o‘xshash ekanligini taʼkidlab "Misr milliy ayollar kengashi" haqida maʼlumot berib, ushbu tashkilot bilan ham yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yuqori ekanligini taʼkidladi va yaqin kelajakda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda "Misr milliy ayollar kengashi" rahbari Maya Mursi xonim o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvni tashkil etish taklifi ilgari surildi. Samimiy kechgan suhbat yakunida tomonlar ilgari surilgan taklif va g‘oyalarni jiddiy ko‘rib chiqib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili idorasi, FAO, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), hamda BMTning Tinchlik o‘rnatish jamg‘armasi (PBF) hamkorlikda “O‘zaro hamkorlik orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” yo‘nalishidagi (umumiy qiymati 384.000 AQSH dollari miqdoridagi) loyiha doirasida Namangan va Andijon viloyatlari hokimligidan vakillar va 9 nafar mahalla faollari Qirg‘iziston Respublikasiga malaka oshirib qaytdi.
13. 2022 yil 30 iyun kunida Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda 9 ming 300 dan ortiq xotin-qizlar faollariga ijtimoiy xizmat turlarini, ikkinchidan, ushbu xizmat turlarini ko‘rsatishga masʼul idoralar qaysi huquqiy-meʼyoriy hujjat asosida ushbu xizmatlarni amalga oshirishini, xizmat ko‘rsatish tartibini, shu bilan birga shu xizmat fuqaroga ko‘rsatilishi uchun xotin-qizlar faoli qanday tartibda ish olib borishi bo‘yicha Keys menejmentga asoslangan 7 kunlik o‘quv seminar darslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.