Joriy yil 7 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Yu.Yu janoblari bilan hamkorlik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Qo‘mita raisi mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi oldiga qo‘yilgan aniq maqsad va vazifalarni qayd etib o‘tdi.
Xususan, uchrashuv davomida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) O‘zbekiston vakili Yu.Yu janoblari tomonidan ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bachadon saratonini oldini olishga yo‘nalishlari bo‘yicha qator takliflar bildirildi.