2022 yil 25-30 aprel kunlari UNFPA, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birga treninglar o‘tkazdi. Olti kun mobaynida tanlov asosida saralab olingan 18 nafar xotin-qiz endi boshqa ayollarni faollashtirish uchun o‘qitiladi.
Mazkur tadbir BMTTD, YuNFPA, FAO va Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi ko‘magidagi Qo‘shma dastur doirasida o‘tkazildi. Qoraqalpog‘istonning 3 ta shimoliy hududi—Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlarida Orolbo‘yi hududi uchun BMT shafeligidagi jamg‘armaning moliyaviy ko‘magida amalga oshirildi.
Treninglarning birinchi bosqichida Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi 18 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yetakchi ayollar fasilitatorlikka (guruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko‘maklashuvchilar) o‘qitilib, o‘z mahallalaridagi 110 nafar xotin-qizlarga o‘zlari ega bo‘lgan qo‘nikma va bilimlarni o‘rgatishdi.