Uchrashuvda BMTning “Oʻzaro hamkorlik orqali Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegaroldi hududlarini rivojlantirish” qoʻshma dasturi loyihasi taqdim etildi.
Mazkur loyihaning bosh maqsadi etib quyidagilar belgilangan:
Uchrashuvda qayd etilishicha, Аyollar va yoshlar oʼrtasida chegaraorti hamkorlik va doʼstona muloqotni ilgari surish uchun 3 bosqichli harakat amalga oshiriladi. Bular:
1. Oʼzaro yordam guruhlarini tashkil qilish.
2. Jamiyatda ayollar oʼrnini oshirish boʼyicha erkak va yosh yigitlarga qaratilgan treninglar.
3. Oʼzaro yordam guruhlari oʼrtasida tajriba almashish tashriflarini tashkil qilish
Bundan tashqari tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash orqali chegaraoldi hududlarning iqtisodiy hamkorligiga hissa qoʼshishga erishiladi.
- Аkselerator dasturi;
- Eng sara innovatsion tashabbuslarni uskunalar bilan qoʼllab-quvvatlash;
- Biznes loyihalarni taqdimoti boʼyicha konferentsiya tashkil qilish;
- Аyol va yosh tadbirkorlarni bir-biriga bogʼlovchi platformalarni tashkil qilish;
- Аyol, yosh tadbirkorlar va fermerlar, mahalliy hokimliklarni birlashtiruvchi tadbirlar tashkil qilish;
Eng sara IT-echimlarni tanlab olish uchun agro-Xakaton oʼtkazish kabi 6 bosqichli harakat amalga oshiriladi.
Shuningdek, Tashkilot tomonidan Innovatsion qishloq xoʼjaligi amaliyotlarini joriy qilish taklifi ham ilgari surilmoqda. Ushbu g'oyaga ko'ra resurslarni samarali boshqarish va mavjud qishloq xoʼjaligi amaliyotlarini oʼrganish, mahalliy sharoitni inobatga olgan holda innovatsion qishloq xoʼjaligini amaliyotga joriy qilish ko'zda tutilgan.
Uchrashuv so'ngida tomonlar taqdim etilgan loyihalar yuzasidan o'zaro kelishuvga erishdi. Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi moddiy va huquqiy masalalarda har tomonlama ko'makka tayyor ekanligini bildirdi.