Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasida BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonunu ustuvorligi markazi delegatsiyasi kutib olindi.
Global taraqqiyot maqsadiga muvofiq, adliya va qonun ustuvorligi sohasini isloh qilish bilan bogʻliq loyihalarga Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazining hissasini qoʻshishni maqsad qilgan ushbu uchrashuvda xotin-qizlar huquqlari, ularning himoyasi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda Finlyandiya adliya maslahatchisi oʻrinbosari Mikko Puumalaynen, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi professori Sakari Malander, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuiya Braks loyihaning mohiyati, kutilayotgan natijalar, hamkorlik istiqbollari haqida fikr bildirdilar.