Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 30 mart kuni Uzun tumanida "Onalar yashil makon uchun" aksiyasiga start berildi.

Aksiya doirasida Uzun tumani xotin-qizlari tomonidan "Onalar bog‘i" tashkil qilindi, shuningdek, onalarimiz o‘zlari yashaydigan ko‘chalarga ham manzarali va mevali daraxtlar ekishdi. Jumladan, aksiya doirasida "Ayollar daftari"da bo‘lgan ayollarning xonadonlaridagi yerlarga Surxondaryo viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan yetkazib berilgan lavanda va shafron ko‘chatlari hamda mevali daraxtlar ekildi.

"Onalar yashil makon uchun" aksiyasi mamlakatimizning barcha hududlarida onalarimiz va xotin-qizlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va "Onalar bog‘i"ni  barpo qilish ishlari boshlab yuborildi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi  va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 30 mart  kunidan hozirgi vaqtgacha "Onalar yashil makon uchun" aksiyasi  mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida amalga oshirildi va jami 503 ta "Onalar bog‘i" tashkil etildi.