Uchrashuvda 6 oylik ko‘rsatgichlar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova tomonidan joriy yilning 2 avgust kuni Davlatobod tumanida Namangan viloyatidagi 50 nafar targ‘ibotchi ayollari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda tuman (shahar) hokimining o‘rinbosarlari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari ishtirokida muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni, erta tug‘ruqni, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish borasida hamkorlikda ish tashkil etilsagina natijaga erishish mumkinligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik, hunarmandchilik sohalariga yo‘naltirish va bu orqali ularning bandligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi aytildi. Qolaversa, bunday ishlarda uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan hududlardagi targ‘ibotchi ayollar bilan birga hamkorlikda har bir tuman, mahalla, ko‘cha va xonadonlarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.