Yig‘ilishda turli soha vakillaridan tashkil topgan tuman "Oqila ayollar" harakati aʼzolari ishtirok etib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, rejalar haqida kelishib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 avgustdagi "Oqila ayollar" harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarori, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 11 avgustdagi 48-sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, 5 sentabr kuni tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Qobilova rahbarligida jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila mustahkamligi, xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda jamoatchilikka, eng avvalo, yoshlarga tarbiyaviy taʼsir ko‘rsata oladigan obro‘-eʼtiborli va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, faol va tashabbuskor ayollar orasidan “Oqila ayollar” harakati tashkil etish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.