«Oqila ayollar» harakati O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalarida hamda tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi yuridik shaxs bo‘lmagan jamoatchilik tuzilmasi hisoblanadi. Toshkent shahrida «Oqila ayollar» harakati faoliyati tashkil etish uchun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda harakat a’zolariga tuzilmaning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Shuningdek, ochiq ovoz berish yo‘li bilan Toshkent shahar «Oqila ayollar» harakati yetakchisi va uning o‘rinbosarlari saylandi. Toshkent shahar «Oqila ayollar» harakati yetakchisi etib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tayinlandi.Bundan tashqari harakat a’zolari hamkorlikda «Oqila ayollar» harakatining kelgusida amalga oshiradigan ishlari borasida fikr va mulohazalar bildirildi.