Namangan muhandislik-texnologiya institutida viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Davra suhbati davomida mamlakatimizda Ayol-qizlarga yaratilgan sharoit va imtiyozlarning mazmun-moxiyati tushuntirildi. Bugungi kunda ayollarni turmushda, ishda, ta’lim muassasalari va boshqa joylarda tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib borayotganligi, Gender tengligi masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglik prinsipini ta’minlash maqsadida ularning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan 25 dan ortiq nomativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi ta’kidlandi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati