Buxoro viloyatida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan bugun Buxoro shahrida “1000 TADBIRKOR AYOL” forumi o‘tkazilmoqda.
Dastlab forum doirasida Buxoro shahrida ehtiyojmand oilalarga mo‘ljallab barpo qilingan Ijtimoiy yotoqxona foydalanishga topshirilmoqda.
3-qavatdan iborat bo‘lib 440 o‘rinli 100 xonadan iborat eski “Buxorotekst”ga qarashli mazkur yotoqxona binosi 6 mlrd 320 mln so‘mga qayta rekonstruksiya qilinib, zarur infratuzilma — tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi bilan to‘la ta’minlandi, 2 mlrdga zarur inventarlar bilan jihozlandi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati