O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son Qarori bilan tasdiqlangan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda tashkilot, korxona va muassasalarda ishlayotgan xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida 124 ta markaziy muassasalarda hamda 18 751 ta korxona va tashkilotlarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 9-avgust kuni tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raislarining “Ayolga saodat bering” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi Nizomi ishlab chiqildi hamda mavjud 124 ta tashkilot va idoralarga Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 09.08.22y. № 02-02/724-sonli xati yo‘naltirildi. Belgilangan muddat ichida 54 ta tashkilot va idoralardan tanlov uchun ishlangan ijtimoiy roliklar yig‘ib olindi.
Birgina shu tanlov sababli 500 nafar ayollarga yordam berilgan, shulardan 18 nafari uy-joy bilan ta’minlangan.
800 nafar nogironligi bor farzandlarga yordam ko‘rsatilgan.
54 nafar qariyalarning xolidan xabar olingan.
Mehnat jamoalaridagi 5mlndan ortiq ayollar bilan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Tadbirning adolatli va shaffof o‘tishi uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining ilovaga muvofiq 5 kishidan iborat hay’at a’zolari tarkibi shakllantirildi hamda barcha ijtimoiy roliklar joriy yilning 25 avgusti kuni ko‘rib chiqildi. Ijtimoiy roliklar o‘tkazish nizomiga muvofiq 1 ta oliy o‘rin, 1-2-3-o‘rinlar uchun nomzodlar hamda 10 nafar sovrindorlar saralab olindi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati