O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy, va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur qabul qilingan edi. Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasiga asosan, mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bugun, 23-sentabr kuni, Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda "Sport nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport festivali o'tkazildi. Sport festivalida Toshkent viloyati barcha tuman va shaharlarining korxona, muassasa va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan faol xotin-qizlar sportning stritbol, shaxmat va shashka turlari bo'yicha kuch sinashdilar.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati