O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi ishchi guruhi Andijon tumanida bo'lib, 4 sektor hamda mas'ul tashkilotlar rahbarlari, MFY larning xotin-qizlar faollari bilan muloqot o'tkazdi.
Uchrashuvda xotin- qizlar bilan bog'lik hamda oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi holatlar, ularning oldini olish borasidagi mutasaddi tashkilotlarning o'zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, davlat organlari tomonidan xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar faollarining ish faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etish kabi masalalar atroflicha tahlil etilib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.