Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Quyi Chirchiq tumani "Mevazor" mahallasida yashayotgan Madina Umarovani eri rashk tufayli pichoqlab o‘ldirdi. Bugun bu oilaning bog‘chadagi janjali videosi tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol kecha eri tomonidan pichoqlangan (https://t.me/ziynatli_uz).

Madina 1998 yili tug‘ilgan edi. Endigina 24 yoshga to‘lgan bu ayol oilaviy poliklinikada hamshira bo‘lib ishlardi. Voqea har qanday insonni qalbini larzaga keltiradi. Oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ota uyiga ketib qolgan Madinani eri qidirib keladi. Madinaning ota-onasi ham kuyov o‘zi kelgani uchun andisha qilib, ko‘rishishga ruxsat beradilar. G’irt mast ahvolda bo‘lgan er esa Madina bilan ko‘rishgan zahoti bo‘yniga pichoq tiraydi va urishib, uni qiynab azoblaydi. Keyin hayvonni bo‘g‘izlagandek so‘yib tashlaydi. So‘ng o‘zi voqea joyidan qochib ketadi.

Madinaning ota-onasi nima bo‘lganini anglaguncha kech bo‘ladi. Bechora ota qizini mashinaga solib, shifoxonaga olib ketayotganda Madina yo‘lda qiynalib jon beradi. Ota-ona uchun qo‘ydek bo‘g‘izlangan qizini qoniga bo‘yalib yotganini ko‘rishdan ortiq azob bo‘lmasa kerak. Bu dahshatni tasavvur qilishning o‘zi azob. Shunisi aniqki, bu oilaga endi hech qachon quvonch va shodlik qaytmaydi.

Shariatda ham birovni zinoda ayblash uchun 4 ta guvoh bo‘lsin, deyiladi. Bu iflos, manqurt esa shunchaki o‘zining sub’ektiv shubha-gumonlari uchun ayolini qiynab, itdek azoblab o‘ldirdi. La’natlar bo‘lsin bunday nomardlarga!

            Hech kimda birovni aybdor qilish, mustaqil hukm o‘qish vakolati yo‘q! Dinda ham, qonunda ham bunday usul taqiqlanadi