Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Daryo.uz saytida Farg'onada qaynota kelinini qasddan o'ldirganligi haqidagi xabar tarqaldi (http://dy.uz/zcge7).

Ayni mehnatining rohatini ko‘rib, nevaralar qurshovida keksalik gashtini surish, kelinlar qo‘lidan issiqqina choy ichib, farzandlarini duo qilib keksalik gashtini surar chog‘ida 64 yoshida kelinining qotiliga aylanish.... “Soching oqarganda yuzing qoraymasin”  deb bejiz aytmaydi xalqimiz.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida bo‘lib o‘tgan mudhish voqea barchani sergak torttirdi. Oila tinch-totuv va ahil yashab, mahalla-ko‘y,  qo‘ni-qo‘shnilar orasida obro‘li xonadonlardan bo‘lgan. Birgina arzimas sababdan ko‘tarilgan janjal mana shunday ayanchli intiho topganiga ishonging kelmaydi.

Yaxshi niyatlar ila 12 yil avval kelin bo‘lib tushgan, turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandini oq yuvib, oq taragan, qaynota-qaynonaning xizmatini qilib kelgan yoshgina juvonning hayotiga nisbatan qilingan bu harakatni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi.

Jinoyat jazosiz qolmaydi, biroq bir oila arzimas sabab ortidan parokanda bo‘ldi. Kelin ham birovning dilbandi, qizi, avvalo u ONA, bir oilaning bekasi. Buni anglamaslik oqibatida oila bekasiz, voyaga yetmagan ikki bola onasiz qoldi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 10 va 8 yoshli ikki norasidaning keyingi taqdiriga g‘amxo‘rlik qilishni o‘z zimmasiga oladi.

 

 

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati
https://t.me/fargona_oilavaxotinqizlar/1758