Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

"Qadring baland bo‘lsin ona tilim" shiori ostida "Mutolaa olamidagi kitobxon millat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" shiori ostida "Mutolaa olamidagi kitobxon millat" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Onlayn va offlayn shaklda tashkil etilgan tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari- Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, “Oqila ayollar” harakati faol ayollari, olima, yozuvchi, shoira, Toshkent shahar mahallalari faol ayollari, kutubxonachilar ishtirok etdilar.