Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 sentyabrdagi PQ–376-sonli qaroriga muvofiq, hududlarda kasanachilik orqali ish oʼrinlarini tashkil etgan tadbirkorlar oʼrtasida “Eng namunali tadbirkor” koʼrik-tanlovi joriy yilning noyabr oyida ikki bosqichda oʼtkaziladi.

Jumladan, hududiy bosqichlar – 2022 yilning 5-15 noyabr kunlari, respublika bosqichi 2022 yilning 16-25 noyabr kunlari oʼtkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari soni cheklanmagan boʼlib, chekka va olis hududlardagi mahallalarda ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan taʼminlash boʼyicha respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi tadbirkorlik sub'ektlari Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi va uning hududiy boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.


Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi matbuot bo'limi