Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Qoʻldasheva Dilnavoz Xatamovna

Fargʻona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti Qoʻldasheva Dilnavoz Xatamovna 1990-yil 28-martda Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida tugʻilgan.

2006-yilda Qoʻshtepa tumanida 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabini, 2009-yilda Fargʻona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litseyini tamomlagan. 2009-2013-yillarda Fargʻona davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishida bakalavriat, 2013-2015-yillarda lingvistika (oʻzbek tili) yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida tahsil olgan.

2011-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Oʻnlab respublika koʻrik-tanlovlari gʻolibi, xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.

D. Qoʻldasheva 2017-2021-yillarda Fargʻona viloyati hokimligining “Fargʻona haqiqati - Ferganskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatida maxsus muxbir, boʻlim muharriri, 2021-yilda Fargʻona davlat universiteti harbiy taʼlim fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, Fargʻona davlat universitetining Matbuot va axborot xizmati boʻlimi mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan.

2022-yildan Fargʻona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasining 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligi boʻyicha 1-kurs tayanch doktoranti. Hozirda yosh olima filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Furqat gʻazallarining lingvopoetik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

D. Qoʻldashevaning “Hayratlar ashʼori” (2007), “Iqror” (2014), “Koʻnglimga koʻchadi fargʻona gullar” (2021) nomli sheʼriy kitoblari nashr etilgan. U 2020-yilda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan.