Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Gulhayo Akbarovna Irgasheva Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori. 

Gulhayo Akbarovna Irgasheva Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2000-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritgan.

2004-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi”, “O‘zbekiston Mustaqilligining 15 yilligi” “O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. Respublika miqyosidagi turli tanlovlar g‘olibi bo‘lib, xalqaro konferensiyalarda maqolalari bilan ishtirok etgan.

Gulhayo Irgasheva muallifligida “Ko‘zmunchoq”, “Ardog‘imdasan, Vatan”, “Sohir tuyg‘ular” nomli kitoblari chop etilgan.

Gulhayo Irgasheva o‘z ish faoliyatini 2008-yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi iqtisodiyot kollejida boshlab, 2009-yilda G‘uzor tumanidagi 16-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, 2015-2017-yillarda Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 285-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,
2017-2018 yillarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yosh oilalar bilan ishlash bo‘limi mudiri, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti мetodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Gulhayo Irgasheva 2019-2020 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Kadrlar boshqarmasi katta inspektori, 2021-yildan hozirgi kunga qadar Inspeksiya boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tiliga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Mehnat faoliyati davomida Gulhayo Irgasheva O‘zagroinspeksiyaning ma’naviy muhitini yaxshilash, turli ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar tashkil etish, xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, shuningdek, tashkilotda ish yuritishda davlat tiliga oid qonun hujjatlariga amal qilinishi bo‘yicha samarali ishlab kelmoqda.

 

Ma’lumot uchun: Gulhayo Irgasheva 1990-yilda tug‘ilgan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini 2000-yilda, ya’ni 10 yoshida qo‘lga kiritgan. Tirishqoqligi, intiluvchanligi tufayli
5 yoshida umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan, ayni shu yoshda tuman televideniyesida “Kichkintoy” nomli ko‘rsatuv orqali tanilgan, 10 yoshida viloyat televideniyesida “Shirintoy” nomli mualliflik ko‘rsatuvini tayyorlangan.
8 yoshida “Ekologiya – bolalar nigohida” respublika tanlovida 2-o‘rinni, “Kesh nihollari” folklor ansamblining sardori sifatida folklor yo‘nalishida Respublika ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egallagan.
Bugungi kunda Gulhayo Irgashevani Shahrisabzda “ertakchi qiz” deb tanishadi.