Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bugungi kunda oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi markaziy  va viloyat boshqarmalari mas’ullari asosan hududlarda aholi orasida bo‘lishi,  murojaatlarning aksariyat hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘l telefonlari, telegram orqali qabul qilinishi xizmat xonalarida mas’ul rahbarlarning  ko‘p o‘tirmasliklari sababli,

qabulxonalarda mavjud bo‘lgan simli telefoniya aloqalaridan foydalanish hajmini keskin kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

Lekin, har bir qabulxona mas’ul kotibi o‘z xizmat  vazifasini bajarishi,  telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berishi shart.

Ayrim hollarda bir vaqtning o‘zida bir necha telefon liniyalariga qo‘ng‘iroqlar bo‘lganida, mas’ul kotib jismoniy holatda bir vaqtda bir necha qo‘ng‘iroqqa javob berishga ulgurmaslik ehtimoli katta.

Shu nuqtai nazardan,  Oila va xotin- qizlar Davlat qo‘mitasining markaziy va hududiy boshqarmalari qabulxonalarida qo‘ng‘iroqlarga javob berilmaganlik holatidan  xizmat surishtiruvi o‘tkazilib,  natijasi yuzasidan aniq choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

 

Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi.