Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

#16_kun_aksiyasi

25-noyabr xalqaro "Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish" kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyatida “Zoʻravonliksiz oila - farovon hayot sari” shiori ostida 16-kunlik aksiyasiga start berildi.

Mazkur tadbir davomida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya qilish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” toʻgʻrisidagi 561-sonli va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi 562-sonli qonunlari yuzasidan tushuntirishlar  berildi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati