#16_kun_aksiyasi
2022-yil 25-noyabr kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi majlislar zalida, Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Jizzax viloyati IIB, Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda yigʻilish tashkil qilinib, “Zoʻravonlikka qarshi 16-kun” aksiyasiga start berildi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokama davomida barcha hamkor tashkilotlar tomonidan 16 kun davomida “ZOʻRAVONLIKSIZ OILA-FAROVON HAYOT SARI” mavzusida targʻibot tadbirlarini mazmunli oʻtkazish, turli jamoalarda va uyushmagan aholi oʻrtasidan keng targʻib qilish, targʻibot guruhlari bilan chekka hududlarga qadar yetib borishni taʼminlash, aksiya doirasida faol ishtirok etish borasida kelishib olindi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati