“Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro
“Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi. Uni Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nodira Egamberdiyeva ochib berdi. (video havola)
“Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov yigʻilganlarga bugungi anjuman mazmun mohiyati va xalqaro konferensiya yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan nashr ettirilgan toʻplamalar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikova soʻzga chiqib bugungi anjumanning mavzusiga alohida toʻxtaldi. Ta’kidlash lozim yurtdoshlarimiz zoʻravonlikka qarshi va bunga qarata Davlatimiz ham izchil kurash olib bormoqda.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi, Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) rahbari Munir Mamedzade janoblari soʻzga chiqib ayni jarayonlarda olib borilayotgan islohatlarga alohida toʻxtaldi. “-tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 15-49 yoshli xotin-qizlar orasida zoʻravonlik koʻrsatgichlari yuqori va uning sabablari oʻrganilganda, soʻrovnomada qatnashgan respondentlarning katta qismi bu oddiy holat deya e’tirof etgan. Biz BMT va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda, ushbu holatni bartaraf etishga kirishganmiz” - dedi Munir Mamedzade janoblari.