Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Yuridik bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahar va viloyatlar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari bosh yuriskonsultlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda sohaga oid bo‘lgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Mehnat qonunchiligi, ish yuritish va ijro intizomi sohalarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati va ahamiyati barcha ishtirokchilarga to‘liq tushuntirib berildi.

Shu bilan birga, Rahbariyat tomonidan bugungi kunda joylarda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikka uchrash holatlari masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu borada hududlardagi bosh yuriskonsultlarning eng ustuvor vazifalari ekanligi, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikni kelib chiqish omillarini aniqlash hamda unga barham berish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirish lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hududlardagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish ishlarini yanada jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi va ushbu muammolarni yechish buyicha fikrlar almashilib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.