Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

#16_kun_aksiyasi  17-sonli musiqa va sanʼat maktabida Oila va Xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining 2022-yil 9-noyabrdagi topshirigʻiga asosan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr “Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda “Zoʻravonlikka qarshi 16-kun” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIB masʼul xodimi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat hududiy rahbari, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Shodiyeva, tuman FHDYO boʻlimi rahbari, tuman otinoyi, xalq taʼlimi psixologi, umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari hamda “Oqila ayollar harakati” aʼzolari ishtirok etishdi.

   Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi Matbuot xizmati