Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

    Xabaringiz bor, 2021 yilda Oʼzbekistonda 2030 yilgacha moʼljallangan Gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangan boʼlib, unda boshqaruvda xotin-qizlar sonini koʼpaytirish, gender nomutanosibligini kamaytirish, taʼlim olishga imkoniyat yaratish, xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish kabi yoʼnalishlarda davlat tuzilmalari faoliyatining 2021-2030 yillarga moʼljallangan muhim jihatlari aks ettirilgan.
    Oʼtgan davr mobaynida gender strategiyasini amalga oshirish boʼyicha koʼplab ishlar amalga oshirildi, sohaga oid 2021-2022 yillarda 31 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Strategiya doirasida “gender audit”ni oʼtkazish tartibini nazarda tutuvchi Qonun loyihasi tayyorlandi.
    Saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng asosda ishtirok etishini kuzatuvchi 11 ta indikator ishlab chiqildi. Xotin-qizlarning oliy taʼlim olish borasidagi imkoniyatlari kengaytirildi. Gender siyosatining monitoringi va samaradorligini baholash sohasida www.gender.stat.uz rasmiy veb-sayti yangilangan talqinda ishga tushirildi. 
    Maʼlumki, Strategiyada belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yildan boshlab har yili alohida dastur ishlab chiqish 
va uni amalga oshirib borish nazarda tutilgan. 
    Ushbu yoʼnalishda ayni vaqtda 2030 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasi tayyorlanib, keng muhokama qilinmoqda. 
    Shu maqsadda Sizlardan ham mazkur loyiha yuzasidan fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni hamda bu borada takliflaringizni u.urazova@wcu.uz elektron manziliga yuborishingizni soʼrab qolamiz.

Dastur bilan tanishish uchun:

2030 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar