Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan 2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “ZO‘RAVONLIKKA QARShI 16 KUNLIK” turkum tadbirlar tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha MA’LUMOT

Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish hamda jamiyatda tazyiq va zo‘ravonliklarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, zo‘ravonlik holatlarining og‘ir oqibatlarini keng aholi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, mazkur tadbirni o‘tkazish yuzasidan 21 ta vazirlik va idoralar bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 110 ta davlat organlari vazirlik, tashkilot va idoralar hamda 14 ta hudiy hokimliklarga ijroga qaratildi.  

 “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” mavzusidagi “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” turkum tadbirlarni ochilish marosimi Toshkent shahar hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman shahar hokimliklarida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida 5535 ta mahalalarda, 3378 ta ta’lim muassasalarida, 2021 ta tashkilot va idoralarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarga 265569 nafar (96861 nafar yoshlar,  153988 nafar ayollar, 14719 nafar zo‘ravonlikkdan jabrlangan xotin-qizlar) ishtirokchilar qamrab olindi.

“Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” mavzusidagi turkum tadbirlar davomida hududlarda 49 ta konferensiya, 796 ta seminar – trening, 8947 ta uchrashuv va davra suhbatlari, 586 ta ma’daniy-ma’rifiy va bayram tadbirirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida 14 ta hududiy Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy bo‘limlari rahbarlarining sayyor qabullari tashkil etilib, 919 nafar fuqarolarning 695 nafariga psixologik, huquqiy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi. 224 nafariga tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Ushbu tadbir davomida 5711 nafar notinch va zo‘ravonlik sodir etilgan oilalardagi muhit va ijtimoiy holatini o‘rganilib, jabrlangan xotin-qizlar bilan ishlashning individual rejalari tuzildi.

Mazkur tadbirlar davomidagi o‘rganishlarda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning 2204 nafariga psixologik,
585 nafariga yuridik, 811 nafariga tibbiy yordamlar ko‘rsatilib, 935 ta  oiladagi nizoni bartaraf etilib yarashtirishga yerishildi.

23990 nafar xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” mavzusidagi turkum tadbirlar 161 marotaba televideniyada, 221 marotaba gazeta va jurnallar, va radio kanallarida, 914 marotaba internet, ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda yoritildi.

Bundan tashqari 100 dan ortiq davlat organlari vazirlik, tashkilot va idoralarning markaziy apparatida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Vazirlikva idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 6 ta konferensiya va 15 ta targ‘ibot tadbirlari Qo‘mita rahbariyati ishtirokida tashkil etildi.

2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi
16 kun” turkum tadbirlarni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasining 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida jami
41 440 dona uslubiy qo‘llanmalar, buklet, flaer va boshqa tarqatma materiallari (7 turdagi 23 ming 800 dona uslubiy qo‘llanmalar,
17 ming 640 dona buklet, flaer va boshqa tarqatma materiallari) tayyorldandi va Oila va xotin-qizlar boshqarma, bo‘lim va “Ijtimoiy moslashuv maslahatxona”lari, mahalla xotin-qizlar faollari va tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga tarqatish uchun yuborildi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida uslubiy yo‘riqnoma” maqsadi, mohiyati, idoralararo hamkorlik, reabilitatsiya markazlari vazifalari qo‘llanmasi taqdimoti tashkil etildi.

Zo‘ravonlikka qarshi kurashishda 28 ta hududiy hamda tumanlararo markazlar o‘rtasida “Eng faol markaz”, “Eng faol markaz xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘kazildi.

Oliy ta’lim muassasalalarda “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” mavzusida davra suhbatlari va “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va uning oldini olish yo‘llari” mavzusidagi insholar tanlovi o‘tkazildi.

“Men uchun qadrli...” mavzusida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

 Qo‘mita tomonidan Yunusobod tumani 49-son oilaviy poliklinikada 1 dekabr — OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan qon topshirish xayriya tadbiri va xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Qo‘mita homiyligida Toshkent shahar Olmazor tumani 36 maktab o‘quvchilari uchun “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”  turkum tadbirlarni tashkil etish doirasida “Imkoniyati  cheklanganlik - huquqi cheklanganlik emas” mavzusida 3 dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan mehr-muruvvat oyligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot inistitutida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha usulubiy qo‘llanma, buklet, flaer va boshqa tarqatma materiallar taqdimoti o‘tkazildi.

Konservatoriya binosida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”  turkum tadbirlarni tashkil etish doirasida “Imkoniyati  cheklanganlik - huquqi cheklanganlik emas” mavzusida 3 dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan mehr-muruvvat oyligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Bektemir tumani madaniyat saroyida 5 dekabr kuni “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusi bo‘yicha zo‘ravonlikdan jabrlanganxotin-qizlar va notinch oila vakillari ishtirokida davra suhbatlar hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Bektemir tumani madaniyat saroyida “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusi bo‘yicha zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va notinch oila vakllari ishtirokida davra suhbatlar hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etildi.

O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 6 dekabr kuni “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusi bo‘yicha davra suhbatlar hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida 6 dekabr kuni “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusi bo‘yicha davra suhbatlar hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etildi.

Toshkent viloyati Parkent tumani Istiqbol mahallasida
6 dekabr kuni “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” mavzusi bo‘yicha davra suhbatlar hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Chirchiq davlat pedagogika institutida 9 dekabr kuni “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida talaba qizlarni turmushga tayyorlash, oiladagi munosabatlar, baxtli oila sirlari kabi masalalarga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

Toshkent shahrida 9 dekabr kuni 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” turkum tadbirlarni yakuniga bag‘ishlab Xalqaro konferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatida 12 dekabr kuni “Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari” shiori ostida yakuniga bag‘ishlab davra suhbatlar hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Barcha viloyatlarga 41440 (2960 donadan) kitob va tarqatma matiriallari yuborildi. 

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi.