Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

9-10 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” (WAGE) Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada Bosh vazir o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi vakillari Ayollar tadbirkorligining milliy kun tartibi (NWBA) ishlab chiqish bo‘yicha (WAGE) doirasida erishilgan yutuqlar va islohotlar muhokama etildi. Xususan, konferensiyada  O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova O‘zbekiston Respublikasida Tadbirkorlik yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, banklar tomonidan ajritilayotgan imtiyozli kreditlar va yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, (NWBA)ni ilgari surish bo‘yicha yondashuvlari, uning  istiqbollari, xotin-qizlarning huquq imkoniyatlari  to‘g‘risida taqdimot qildi. Mazkur konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlarida tadbirkorligida ayollar rolini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro tajribalar o‘rganildi.