O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova ishtirok etdi hamda Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan xotin-qizlar sportiga katta e’tibor qaratilayotgani, buning natijasida sportda ham gender tengligi ta’minlanayotgani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan bir qator paralimpiya sportchilari Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.