Termiz shahridagi “Muhtasham” tantanalar saroyida “Hokim va mahalla xotin-qizlar faollari uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Unda viloyatdagi 723 ta mahallada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari hamda tizim maʼsullari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimining oʻrinbosari Usmon Turapov viloyat hokimining voha ayollari va mahallalardagi xotin-qizlar faollariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Bugungi kunda viloyat aholisining qariyb yarmi – 1 million 378 ming nafardan ortigʻi yoki 49,4 foizi xotin-qizlardir. Ularning 1 mln 65 ming nafari qishloqlarda istiqomat qiladi. Mehnatga layoqatli xotin-qizlar 721,6 ming nafarni tashkil etadi.
Tadbirda eng namunali va samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan 30 nafar mahalla xotin-qizlar faollari viloyat hokimligi faxriy yorligʻi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Bayramona dasturxon atrofida, viloyatning koʻzga koʻringan sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan konsert dasturi vohalik faol xotin-qizlarimizga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.