Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Farg'ona viloyati, Beshariq tumanida "Ayollar daftari"ga kiritilgan nogironligi bo‘lgan 94  nafar ayollarga  subsidiya asosida  zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. Shuningdek, 18 nafar ayollarga issiqxona tashkil qilishlari uchun Sertifikat berildi.

 

              

-Imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratib berish, xotin-qizlarimizning faol turmush tarziga ega bo‘lishlari uchun ko‘maklashish davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib turibdi. Bundan oqilona foydalanishlari uchun doimo ular xizmatida ekanligimizni bugun yana bir bor aytib o‘tdik, ularning quvonchlariga sherik bo‘ldik, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova.