Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr oyidan buyon har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” etib belgilangan va ushbu maʻnaviy-maʻrifiy tadbir har oy o'tkazib kelinmoqda. O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda navbatdagi “Kitobxon onalar kuni” tadbiri o'tkazildi. Tadbirni Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari Raʻno Turdiboyeva hamda O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyevalar ochib berishdi.
Tadbirda tashabbuskorlik va katta qiziqish bilan uy bekalari, mahallalarning faol xotin-qizlari, buvijonlar, maktab o'quvchilari bilan bir qatorda yozuvchi, shoirlar ishtirok etib kelishmoqda.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini oshirishga xizmat qilishdir. Tadbir davomida Respublika bo'yicha 180 dan ortiq kitoblar taqdimoti o'tkazildi