Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Farg’ona viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan Oltiariq tumani “Ustoz” mahalla fuqarolar yig‘inida “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko‘rik- tanlovi g‘olibasi mazkur mahalla xotin-qizlar faoli Komila G‘iyosovaning ish faoliyatini o‘rganish va ommalashtirish maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyatdagi tuman-shahar bo‘limlaridagi mahalla xotin-qizlar faollari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.

                                       

Seminarni viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulchehra Jo‘rayeva ochib, bugungi kunda oilani mustahkamlashda, xotin-qizlarni jamiyatda munosib o‘rin egallashlari, shu bilan birgalikda oilada sog‘lom va baxtli hayot turmush tarzini shakllantirishda mahalla xotin-qizlar faollarining oldida turgan vazifalar haqida gapirib, seminar ishiga omad tiladi.

 Seminarda xotin-qizlar faoli Komila G‘iyosovaning faoliyati ko‘rgazma va taqdimot asosida yoritib berildi.