Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Kecha Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida xotin-qizlar o‘rtasida ot va polo sportini rivojlantirishga bag‘ishlangan Brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda Ot va polo sport federatsiyasi rahbari va masʼul xodimlari taklifiga ko‘ra Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova O‘zbekiston ayollari polo Ligasi raisi etib tayinlandi.

Maʼlumki, Yurtboshimizning yilqichilik va ot sportini rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratayotganliklari ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini kuchaytirdi.  Respublikamiz bo‘ylab yosh avlodni, ayniqsa xotin-qizlarni ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da orttirishga qaratilgan chora tadbirlar Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan tizimli yo‘lga qo‘yilganligi hammamizga maʼlum. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2021 yil 11 martdagi “Yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5024-son qaroriga muvofiq, ushbu sport turlari rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va ommalashtirish, ular bo‘yicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishilishining o‘zi bu boradagi ishlarni yana-da jadal davom ettirishga huquqiy zamin yaratadi va bu sport sohasida yangi davrni boshlab beradi

    

 

Brifingda Xotin-qizlardan iborat “Barchinoy” va “Bibixonim” guruhlari o‘rtasida Markaziy Osiyoda ilk polo musobaqasini o‘tkazishga kelishib olindi. Bizni kuzatishda davom eting.