O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan tarzdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ni 3-bosqichida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan yordamlar, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi, endilikda barcha tizim va soha masʼullari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq belgilab berildi.
Ayollarimizni rozi qilish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimiz, albatta, o‘zining ijobiy natijalarini beradi. Yig‘ilishda minglab oilalar va opa-singillarimiz hayotiga farovonlik olib kirish yo‘nalishlaridagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.