Joriy yilning 20 dekabr kuni Tojikiston delegatsiyasi Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiya - Tojikiston Respublikasi administratsiyasi xodimlari, Parlament a'zolari, Hukumat huzuridagi xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi vakillari, Sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vakillari, Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari, Prokuratura xodimlari, Oliy sud vakillari, Din ishlari, milliy an’analar, bayram va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi vakillaridan iborat.
Tashrif maqsadi - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik (UNFPA) tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, asosiy maqsad Tojikiston va O‘zbekiston davlatlarining ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, psixologik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda tajriba o‘rganishdan iborat.
Uchrashuv jarayonida Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va olib borilayorgan islohotlar to’g’risida Qo’mita raisining birinchi o’rinbosari O.Parpiboyeva tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qo’mita tizimining faoliyati to’g’risida sohaga oid boshqarma va bo’lim boshliqlari tomonidan taqdimotlar orqali batafsil ma’lumotlar berildi.