Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Xalqning farovonligi, davlatning qudratini taʼminlashda, oilada farzandlarni munosib qilib voyaga yetkazishda ilmli onalarning hissasi ko‘p bo‘ladi.

Xalqning farovonligi, davlatning qudratini taʼminlashda, oilada farzandlarni munosib qilib voyaga yetkazishda ilmli onalarning hissasi ko‘p bo‘ladi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan xotin-qizlar uchun berilgan tarixda qayd etilmagan imkoniyatlar, misli ko‘rilmagan  darajadagi imtiyozlar, ayollar taʼlimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar xotin-qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, jamiyatda va oilada munosib o‘rnini topishi uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Har odamni, har oilani, har millatni taʼlim, bilim qutqaradi, rivojlantiradi, degan gap parvozli gapmas, pafos emas! Rost gap!

Davlatimiz rahbari 2022 yil 7 mart kuni imzolagan 87-sonli farmonda (Farmon matni ushbu manzilda: http://lex.uz//ru/docs/5899498) xotin-qizlarga taʼlim olishlari uchun berilgan imkoniyatlarni qisqacha izohlaymiz:

- 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab berilishi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m);

- ayollarimiz ulushi past bo‘lgan aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishidagi OTMlarda xotin-qiz talabalar ulushi hozirgi 24 foizdan 40 foizgacha yetkazilishi, buning uchun umumiy kvotaning kamida 50 foizi maqsadli ajratilishi;

- joriy yilda banklarga 1 trillion 800 milliard so‘m, kelgusi besh yilda 8 trillion so‘m mablag‘ ajratilib, oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga taʼlim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinishi;

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuborilishi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratilishi kabi ulkan islohotlar joriy qilingani mamlakatimizning yosh qizlarini, o‘qishga chanqoq avlod vakillarini, shuningdek oliy maʼlumotli bo‘lish istagi yuqori bo‘lgan ayollarning orzularini ro‘yobga chiqarishga vosita bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-son farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrda qabul qilingan 585-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamkor va masʼul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari bo‘lgan xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatini kengaytirmoqda.

Har yili har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar (jami 2,1 ming nafar) xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab berilishi tartibi joriy etilishi natijasida 2020 yilda bunday oilalardagi 950 nafar, 2021 yilda esa 2030 nafar, joriy 2022 yilda 2053 nafar, 3 yil mobaynida jami 5033 nafar xotin-qiz oliy taʼlim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Bu kabi ezgu saʼy-harakatlar natijasida oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarning soni 400 ming nafardan oshdi va qayd etish lozimki, bundan 6 yil muqaddam ushbu raqam 110 ming nafarni tashkil qilar edi.

Joriy 2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi komissiyalar 5298 nafar talabgor xotin-qizlar orasidan ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 2053 nafar talaba xotin-qizlarning ro‘yhatini  taqdim etdi va ushbu ro‘yhat asosida “Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyanoma”lar tasdiqlandi va hozirda o‘z egalariga yetkazildi.

Oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan ehtiyojmand oila vakilalari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar taʼlim sohasidagi mazkur islohotlar uchun  minnatdorlik munosabatlarini bildirmoqda.